Долзарб мавзу      Бош саҳифа

Suvni nafaqat asrash, balki har tomchisidan unumli foydalanishimiz shart

Bugun Yer yuzida qariyb 1,1 milliard kishi turli darajadagi suv tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Suvni nafaqat asrash, balki har tomchisidan unumli foydalanishimiz shart

Global iqlim o‘zgarishi natijasida so‘nggi 50-60 yil davomida birgina Markaziy Osiyoda muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Shu bilan birga, O‘zbekiston «Suv stressi»dan aziyat chekayotgan davlatlar reytingida 164 mamlakat orasida 25-o‘rinni egallagan. Bu «yuqori» darajada suv tanqisligiga uchragan davlatlar qatoridamiz deganidir.

Mana shunday sharoitda mavjud suv manbalaridan, jumladan qor va yomg‘ir suvlaridan samarali foydalanish eng maqbul yechimlardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimizda yog‘ingarchilikning o‘rtacha yillik hajmi 186 mm.ni, xususan, mamlakatning adir va tog‘oldi qismlarida 300-550 mm.ni tashkil etadi. Tog‘li hududlarda esa yanada yuqori – 800-900 mm.gacha yetib, 70-90 kungacha yog‘ingarchilik kuzatiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 kvadrat metr tom sathidan o‘rta hisobda 186 litrga teng yomg‘ir suvini to‘plash mumkin.

Yomg‘ir suvidan foydalanib, bir kishi kuniga o‘rtacha 71 litrgacha ichimlik suvni tejashi mumkin. Hozir, bir kishining kunlik o‘rtacha suv sarfi 130 litrni tashkil etadi. Agar biz hozir toza ichimlik suv sarflayotgan ishlab chiqarish jarayonlari, maishiy, uy-xo‘jaligi, avtomobillarni yuvish kabilar yog‘ingarchilik suvi hisobidan bo‘lsa, mamlakat bo‘yicha sezilarli miqdorda toza ichimlik suv tejaladi.

Misol uchun, Turkiyada 2 ming kvadrat metrdan ortiq ko‘p qavatli uylar hamda yangi qurilayotgan binolarda yomg‘ir suvini yig‘ish tartibi belgilangan. Germaniyada Frankfurt aeroportida yig‘ilgan yomg‘ir suvi aeroportning ko‘klamzorlashtirilgan hududlarining 60 foizini sug‘orish va texnik suv o‘rnini qoplash imkonini beradi. Avstraliyada yomg‘ir suvi shaharlarda 9 foiz, shahardan tashqarida 63 foiz suvga bo‘lgan talabni qondiradi.

Yomg‘ir suvlarini to‘plash odamlarning suvga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Har bir yurtdoshimiz yig‘ilgan suvni tejashga harakat qiladi va bugun millionlab kubometr behuda yo‘qotilayotgan qimmatbaho resurs tejaladi.

Shu bois, O‘zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizda yomg‘ir suvlaridan foydalanish tizimini joriy etish bo‘yicha dastur qabul qilishni taklif etadi. Partiyamiz bu boradagi takliflarini ishlab chiqib, Hukumatga taqdim etadi.

 O‘zbekiston Ekologik partiyasi

Matbuot xizmati

 




Ўхшаш мақолалар

Мустақил Ўзбекистон –  35 йиллик тараққиёт йўли: ислоҳотлар,  натижалар ва истиқболлар

Мустақил Ўзбекистон – 35 йиллик тараққиёт йўли: ислоҳотлар, натижалар ва истиқболлар

🕔11:45, 20.08.2026 ✔87

Ўзбекистон сўнгги ўн йилда том маънодаги демократик ­ўзгаришлар, жадал иқтисодий ривожланиш ва кенг кўламли ­ислоҳотлар мамлакатига айланди.

Батафсил
Жамоат  транспорти: тўлов  маданиятимиз кўзгуси

Жамоат транспорти: тўлов маданиятимиз кўзгуси

🕔11:35, 20.08.2026 ✔88

Илгари кондукторсиз автобусни тасаввур қила олмасдик. Кондукторлар тиқилиб-сиқилиб, одамларни туртиб-суртиб бир нарса қилиб йўлкирани йиғиб оларди.

Батафсил
Депутатлар форуми:  Мақсад – ҳудудлар тараққиёти ва  экологик барқарорлик

Депутатлар форуми: Мақсад – ҳудудлар тараққиёти ва экологик барқарорлик

🕔14:38, 14.08.2026 ✔203

Аҳоли фаровонлигини таъминлаш, одамларимизнинг бугунги кунидан рози бўлиб, эртанги кунга мустаҳкам ишонч билан яшашига эришиш давлатимиз сиёсатининг бош мезонига айланди.

Батафсил
Ҳаммасино кўриш

Сонларни танлаш

Пайшанба, 30-Декабр  
52 51 50 49 48 47 46
45 44 43 42 41 40 39
38 37 36 35 34 33 32
31 30 29 28 27 26 25
24 23 22 21 19 18 17
16 15 14 11 10 9 8
7 6 5 4 3 2 1

Ҳаммасини кўриш 

Кўп ўқилганлар

Ҳаммасини кўриш 

Фойдали манбаалар