Sea Breeze: Экспертизадан ўтди, аммо очиқ қолган саволлар бор
Тошкент вилоятидаги Чорвоқ сув омборига туташ ҳудудда барпо этилаётган йирик лойиҳа – Sea Breeze атрофидаги баҳслар ҳали ҳам давом этмоқда.
БатафсилSirdaryo viloyatida ro`yxatdan o`tgan «T.G.» MChJ rahbari bank tomonidan noqonuniy undirilgan mablag`ini qaytarishda amaliy yordam so`rab Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Vakil devoni Samarqand viloyati hududiy shu’basi tomonidan o‘rganilganda, “Mikrokreditbank” ATB Samarqand filiali tomonidan “T.G.” MChJning AT “Aloqabank” Samarqand filialidagi hisobvarag‘iga to‘lov talabnomasi qo‘yilgani aniqlandi. Mazkur to‘lov talabnomasi asosida tadbirkorning hisobvarag‘idan boshqa bir korxona — “A.M.S.” MChJning kredit qarzdorligini qoplash uchun jami 5,6 mlrd so‘m mablag‘ akseptsiz tartibda undirib olingan.
Biznes-ombudsman tomonidan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdimnoma kiritildi. Natijada noqonuniy undirilgan 5,6 mlrd so‘m pul mablag‘i tadbirkorning bank hisobvarag‘iga to‘liq qaytarilib, asossiz qo‘yilgan to‘lov talabnomasi bekor qilindi.
Shuningdek, tijorat banki mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborildi.
Тошкент вилоятидаги Чорвоқ сув омборига туташ ҳудудда барпо этилаётган йирик лойиҳа – Sea Breeze атрофидаги баҳслар ҳали ҳам давом этмоқда.
БатафсилДўкондан озиқ-овқат маҳсулоти харид қилар экансиз, аввало, нархи, ишлаб чиқарувчиси ва яроқлилик муддатига эътибор беришингиз тайин.
БатафсилҲар куни дўконда, бозорда зарур нарсаларни харид қилар экансиз, уларнинг қадоғига, бежирим кўринишига албатта эътибор қилишингиз тайин.
Батафсил